Rapanalar
Rapanalar (Rapana) — dengiz qorinoyoqli mollyuskalari urug’i. Spiral chig’anog’i 19 santimetrgacha, keng oval shaklda, kulrang qo’ng’ir tusda. Chig’anog’i og’zi keng, ko’pincha ochiq sariq, qizil yoki ba’zan oqrangda. 3 turi ma’lum. Ilgari Rapanalar faqat Yapon, Sharqiy Xitoy va sariq dengizlarida yashagan. 20-asr o’rtalarida Rapanalar Yapon dengizidan qora dengizga kelib qolgan. Hozirgi Afrika dengizi sohillari bo’ylab tarqalmoqda. Kapsula ichiga tuxum qo’yadi. Yirtqich, 2 pallali mollyuskalar (ustrisa, Midiya) bilan oziqlanadi. Rapanalarning zaharli suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlari bor. Go’shti qisman yeyiladi, chig’anog’i zebi-ziynat buyumi. Rapanalar ovlanadigan mollyuskalar bilan oziqlanib, katta ziyon keltiradi.