Manama

Manama— Bahrayn davlatining poytaxti (1971 yildan). Bahrayn orolining shimoliy-Sharqiy qismidagi Ar-Rummon yarim orolida. Iqlimi tropik iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 16°, avgustniki 37°. Yiliga o’rtacha 90 mm yog’in yog’adi. Aholisi shahar atrofi bilan 153,4 ming kishi (2001). Mamlakatning Fors qo’ltig’idagi asosiy porti. Damba orqali Muharrak orolidagi Muharrak shahri bilan bog’langan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Manamada neftni qayta ishlash zavodi, neft kimyosi kombinati, alyuminiy zavodi, kema ta’mirlash korxonasi, mayda va o’rta yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid va sadaf olinadi.