Shtok

Shtok (nemischa tayoq) — nisbatan kichik (maydoni 200 km2 dan katta bo’lmagan) intruziv jism shakli. Tog’jinslari yoki foydali qazilmalarning tsilindr, tomchisimon yoki izometrik shakllardagi yirik massasi. Ko’ndalang o’lchami bir necha metrdan bir necha kilometrgacha, uzun o’qi bo’yicha bir necha kilometrga yetadi. Paydo bo’lish sharoitlariga ko’ra tektonik, magmatik va metasomatik Shtoklar farqlanadi. Tektonik Shtok tektonik deformasiya vaqtida tog’jinslari plastik moddalarining siqilishi natijasida hosil bo’ladi. Magmatik Shtok magmatikeritmaning boshqa jinslar o’rniga kirib qolishidan paydo bo’ladi. Metasomatik Shtok tog’ jinslarining yer po’stida aylanib yurgan yssiq gidrotermal eritmalardan ajralib chiqadigan mineral moddalar bilan o’rin almashishidan vujudga keladi.