Shcheglov Vladimir Petrovich
Shcheglov Vladimir Petrovich (1904.15.6, Oryol viloyati Zareche qishlog’i — 1985.23.1, Toshkent) — astronom olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi matika fanlari Doktori. Toshkent astronomiya rasadxonasida ilmiy xodim (1933-41), direktor (194183). Asosiy ilmiy ishlari noyob astronomik asboblar yordamida yudduzlarni kuzatib, aniq vaqtni belgilash va ular orqali joylardagi geografik uzunliklarning o’zgarib borishini tekshirishga bag’ishlangan. Shcheglov Ulug’bek rasadxonasining geografik koordinatalarini va asosiy asbobi o’qining azimutini aniqlagan. Ya. Geveliyning mashhur “Yulduzlar Osmoni atlasi”ni qayta nashr ettirib, unga Ulug’bek zamonasidagi astronomiyaga oid maqola yozgan. Xalqaro astronomiya Ittifoqi a’zosi. Kichik sayyoralardan biriga uning nomi berilgan. As: K voprosu o geograficheskix koordinatax i azimute sekstanta observatorii Ulugbeka v G. Samarkande, Astr. j.t. XXX, 1953; Astronomicheskie azimutg zemnnx predmetov kak indikatorm vrashatelnix dvijeniy materikovnx blokov, astr. j., t. 54, 1977; Ulug’bek obser- vatoriyasi, T., 1979; “Yan Geveliy. Atlas zvyozdnogo neba”, T, 1981.