Shohruxbiy, Shohrux, Shohruxxon

Shohruxbiy, Shohrux, Shohruxxon (taxminan 1680/81 1721) Qo’qon xonligi asoschisi va birinchi xoni (1709-21). Rivoyatlarga ko’ra, Shohruxbiy Oltin Beshik avlodidan bo’lgan. Mulla Olimning “tarixi Turkiston” asarida keltirilishicha, o’zbeklar Chodak xo’jalari hukmronligi asoratidan xalos bo’lishga ahd qilib Oltin beshikning avlodi Shohruxxon Ashurbek o’g’lini Targ’ovada xon qilib saylashga qaror qildilar. Shohruxbiy O’rda va qo’rg’on uchun qulay joy tanlashga farmon beradi. Yuborilgan odamlar “ko’k to’nliklar” yashaydigan ikki soy oralig’ida joylashgan hududni qulay joy, deb hisoblaydilar. Ular bu yerda Ark quradilar va uning atrofida saroy va binolar qura boshlaydilar. Shundan keyin Shohruxbiyni taxtga o’tkazadilar (1709). Shohruxbiy davrida xonlik o’z tasarrufiga Qo’qon, Isfara va Marg’ilon atroflarini qo’shib olgan. Shohruxbiydan so’ng taxtga uning katta o’g’li Abdurahimbiy o’tirgan.