Shoh jahon

Shoh jahon (1592.5.1, Lohur 1666.22.1, Agra) — Boburiylar saltanati hukmdori (1627-58), Jahongirshohning 3-o’g’li. Asl ismi Xurram. 1616 yil dekan (to’g’rirog’i — Dakan)dagi g’alabasidan so’ng Shoh jahon nomini olgan. 1622-25 yillar otasi Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan. 1627 yilda taxt uchun kurashlarda g’olib bo’lib, “Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi Soniy” taxallusini olgan. Taxtga o’tirgan zahoti bir qancha isyonlarni bostirishga majbur bo’lgan. Shoh jahon poytaxtni Agradan Dehliga ko’chirgan. Bu davrda adabiyot, san’at, musiqa va boshqalar fanlar rivoj topgan. Shoh jahon bir qancha muhtasham obidalarni bunyod ettirgan — Agrada Tojmahal, qizil qal’a, Dehlida Jome masjid, Lohurda Shalimar bog’i va boshqalar Shoh jahon davrida Boburiylar saltanati tanazzulga yuz tuta boshlagan. 1630-33 yillarda Gujarat va Dekanda qattiq qurg’oqchilik tufayli ocharchilik bo’lgan, xalqning ahvoli og’irlashgan, shuning uchun Shoh jahon mazkur o’lkalardagi yer solig’ini kamaytirgan. Shoh jahon davrida Yevropa savdo kompaniyalarining Boburiylar davlatiga suqilib kirishi kuchaygan, shu kezlarda uning o’tillari o’rtasida taxt uchun kurash avj olgan. Bu kurashda katta o’g’li Avrangzeb g’olib kelib, taxtni egallagan. Shoh jahon Tojmahal maqbarasida xotini mumtoz mahal yoniga dafn etilgan. Ad:. Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.