Xoja Hasan Andoqiy
Xoja Hasan Andoqiy, Abu Muhammad Hasan ibn Husayn Alandoqiy (1069, Buxorodagi Andoq qishlog’i — 1157.2.11, Buxoro) — xojagonlik tariqatining yirik namoyandasi. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Xojagon — Naqshbandiya tariqatining mashhur shayxi Xoja Yusuf Hamadoniyning iste’dodli muridi va 2 xalifasi sifatida ustozi bilan birgalikda Xorazm va Bag’dodga borgan. O’z umrini muridlar tarbiyalash bilan o’tkazgan. Shuningdek, Xoja Hasan Andoqiy gPa-savvufnint xojagonlik tariqatini ishlab chiqishda Abduxoliq G’ijduvoniyga katta yordam bergan. “Rashahot” asarida yozilishicha, “u o’z davrining buyuk shayxlaridan biri va tariqat yo’lida eng yaxshi insonlardandir”. Mashhur olim Sam’oniy Marvdagi Yusuf Hamadoniy xonaqosi va Buxorodagi xonaqoda ul zotdan hadis ilmini o’rgangan. Ad.: Abdulkarim asSam’oniy, nasabnoma (Alansob), Buxoro, 2003; Faxruddin Ali Safiy, Rashahot, T., 2003; Hasaniy M., Razzoqova M ., Xojagon tariqati va Xoja Hasan Andoqiy, T., 2003.