Xolid Rasul
Xolid Rasul (asl nomi Rasulov Xolid) (1911.20.6 — Toshkent — 1991.11.3) — adabiyotshunos, shoir va dramaturg. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1991), Filologiya fanlari doktori (1972). Toshkentdagi ishchilar fakultetini (1932), madaniy qurilish intini (1934), Til va adabiyot inti aspiranturasini (1937) tugatgan. Respublika gazeta va jurnallarida ishlagan (1931— 49). Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimi (1941-43; 1947-50), adabiyot muzeyi ilmiy xodimi (1950-54) va direktori (1955-57), til va adabiyot instituti sektor mudiri (1957— 67). 1967 yildan adabiyot muzeyi, 1978 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi qo’lyozmalar instituti bo’lim mudiri. Ilk she’riy to’gshami — “Qalb qo’shig’i” (1931). “Rayhon” (1938) va “Taras” (1939) dostonlari muallifi. She’rlarida tabiat manzaralari, inson ichki kechinmalari, o’zbek xalqining fidokorona mehnati ulug’langan. Bastakor I. Xamroyev bilan hamkorlikda “shoirning orzusi” musiqali dramasini yaratgan (1962). Xolid Rasul Furqat ijodining ilk tadqiqotchisi hisoblanadi: “Zokirjon Furqat ijodi” (1954), “Furqat” monografiyalari, Furqat asarlari 2 jildligi (1991; nashrga tayyorlovchi va xattot) va boshqalar. Folklorshunos sifatida “O’zbek xalq ertaklari” (1960, 2 j.li), “Balogardon” va “Murodxon” dostonlarini (1965) nashr ettirgan. “Kattalar alifbosi” (195258; 1964), “Vatan adabiyoti” (1950-55), “O’zbek adabiyoti tarixi” (1962) darsliklarining mualliflaridan. “Qozoq she’riyati antologiyasi”ni o’zbek tiliga tarjima qilgan. As: hayot ilhomlari, T., 1949; Baxt nash’asi, T., 1960; inson madhi, T., 1968; O’zbek epik she’riyatida xalqchillik (18-19-asrning 1-yarmi), T., 1973. Ad.:Imomxo’jaev T., Xolid Rasul ijodi, T., 1973.