Xorug’
Xorug’ — Tojikiston Respublikasi tog’li Badaxshon Muxtor viloyatidagi shahar (1932 yildan), viloyat markazi. Pomirning Janubi g’arbida (2200 metr balandlikda), G’unt daryosining har ikkala sohilida (G’untning Panj daryosiga quyilish joyida). Avtomobil trakti orqali Dushanba va O’sh shaharlari bilan bog’langan. 1999 yildan boshlab Xorug’ — Qal’ai Xumb — Ko’lob, shuningdek, Xorug’ — kulma orqali Xitoy hududiga chiquvchi magistral yo’llari qurilmoqda. Aholisi 27,4 ming kishi (2001), asosan, pomirlik tojiklar, shuningdek, o’zbek, rus, tatar, qirg’iz, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Xorug’da go’sht-sut kombinati, temirbeton konstruktsiyalar, non zavodlari, tikuvchilik fabrikasi, avtomobil ta’mirlash korxonalari, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, GES, universitet, 12 umumiy ta’lim maktabi, tibbiyot bilim yurti, hunar-texnika bilim yurtlari, musiqa maktabi, drama teatri, madaniyat uylari, o’lkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bog’i, stadion mavjud. 1977 yildan Pomir regioni uchun “orbita” televizion styasi ishlab turibdi. Shaharda Tojikiston Fanlar Akademiyasining Biologiya instituti (shahar chekkasida institutning Botanika bog’i) joylashgan. Xorug’ 1925 yilda qishloq sifatida vujudga kelgan. 1932 yildan Tog’li Badaxshon Muxtor viloyatining markazi. Nasriddin Mamanazarov.