Xloroform, trixlormetan

Xloroform, trixlormetan, SNS13 — o’tkir hidli, shirin ta’mli, rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi -63,5°, qaynash temperaturasi 61,2°, zichligi 1148 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organic erituvchilar (spirt, efir va boshqalar) bilan aralashadi. Yorug’likda havo kislorodi ta’sirida asta-sekin parchalanib fosgen, xlor, vodorod xlorid va chumoli kislota hosil qiladi. Xloroformni barqarorlashtirish uchun unga 1% li etil spirta qo’shiladi. Xloroform metan, atseton yoki spirtni xlorlab olinadi. Freonlar sintezida boshlang’ich xom ashyo hisoblanadi. Narkotik moddalar guruhiga mansub. Tibbiyotda narkoz, sanoatda erituvchi sifatida qo’llanadi.