Xonzoda begim, Sevinbeka

Xonzoda begim, Sevinbeka (? — 1411.3.11, tus) — Xorazm malikalaridan biri. O’zbekxonning nabirasi. Xonzoda begim nomi bilan mashhur bo’lgan. 1374 yil Xonzoda begim izzat-ikrom bilan Samarqandga keltirilgan va Jahongir Mirzoga nikohlab berilgan. Ularning nikohidan Muhammad Sulton Mirzo tug’ilgan. 1376 yil Jahongir Mirzo vafotidan so’ng Xonzoda begim Amir Temurning 3-o’g’li Mironshoh nikohiga kirgan (1383). Mironshoxdan Xalil Sulton Mirzo dunyoga kelgan. Xonzoda begim o’tkir zehnli, aql-farosatli hamda tadbirkorligi tufayli Amir Temur e’tiborini qozongan. 1407 yilda Xonzoda begim Makkatullo ziyoratiga ketgan. Ziyoratdan qaytgach, Abdurazzoq Samarqandiynnng ma’lumotiga qaraganda o’g’li, Xalil Sulton Mirzoning o’limidan bir necha kun ilgari vafot etgan. Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; Ryui Gonzales de Klavix o, dnevnik puteshestviya v Samarkand k dvoru Temura (1403-1406), M., 1990; Fayziev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.