Xonkeldiyev Karim

Xonkeldiyev Karim (1912.9.5, Andijon — 1977.18.8, Guliston, Toshkentda dafn etilgan) — O’zbekiston xalq artisti (1964). 1934-58 yillar Andijon teatrida, 1958-77 yillar Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. Frans Moor (F. Shiller, “Qaroqchilar”), Mavlon (A. Qahhor, “shohi so’zana”), Ilhom (B. Rahmonov, “yurak sirlari”), Zavqiy (S. Abdulla, “Muqimiy”), Xolmat (Hamza, “boy ila xizmatchi”), Jevakin (N. Gogol, “uylanish”) kabi obrazlarni Andijon teatri sahnasida yaratdi. Qahramonlar xususiyatini, ijtimoiy muhit bilan munosabatlarini hayotiy va Real tasvirlay oluvchi o’ziga xos aktyorlardan. “Muso Jalil” (N. Isambet) da borman, “Shum bola”da Hojibobo kabi turli xarakterdagi rollar ijro etib, aktyorlik mahoratining yangi qirralarini namoyish etdi. 1959 yildan Toshkent televideniesida “Yulduzcha”, 1962-77 yillar “Otalar so’zi aqlning ko’zi” ko’rsatuvlarini olib borgan.