Xinaguldoshlar

Xinaguldoshlar (Balsaminaceae) xinagulnamolar qabilasiga mansub oila. Poyasi sersuv. Barglari oddiy, patsimon tomirli, navbatlashib yoki qaramaqarshi joylashgan, yon bargchasiz. Gullari zigomorf, ikki jinsli. Kosachabarglari 5 ta. Mevasi biror tashki ta’sirot natijasida atrofga sochilib ketadigan ko’sakcha, ba’zan rezavor. Xinaguldoshlarning to’rt turkumi va 600 ga yaqin turi bor. Ular, asosan, Osiyo, Afrikaning tropik qismida, ba’zi vakillari Yevropa va shimoliy Amerikada tarqalgan. O’zbekistonda Xinaguldoshlarning 2 yovvoyi va 1 madaniy turi tarqalgan. Xinaguldoshlar vakillaridan gulxina yoki bog’xina, cho’pxina ekiladi.