Xolmurodov Asqar G’aniyevich
Xolmurodov Asqar G’aniyevich (1939.10.5, Yakkabog’ tumani — 1997.16.1, Toshkent) — biotexnolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1989), biologiya fanlari doktori (1976), professor (1980). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1960), Ukraina Fanlar Akademiyasi biokimyo institutida aspirant (1961— 64), kichik va katta ilmiy xodim, bo’lim boshlig’i (1965— 86), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori (1986 yildan), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi bosh ilmiy kotibi (1988-90), viseprezidenti (1990 yildan). Ilmiy ishlari hayvon organizmi hujayralarida vitaminlar va kofermentlar almashinuviga oid. “Kornik” deb ataladigan biologik Preparatni kashf etgan. Xolmurodov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Oliy Majlisning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi (1995— 1997). As: Eksperimentalnaya vitaminologiya (v soavtorstve), Minsk, 1979; membranniy transport kofermentnix vitaminov i kofermentov (v soavtorstve), Kiev, 1982.