Xanti-mansilar muxtor okrugi
Xanti-mansilar muxtor okrugi (1940 yilgacha Ostyakvogullar milliy okrugi) — Rossiya Federatsiyasi Tyumen viloyatidagi Muxtor okrug. 1930-yil 10-dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 523,1 ming km2. Aholisi 1433,1 ming kishi (2002), Xantilar, mansilar, ruslar, ukrainlar, tatarlar va boshqalar yashaydi. Shahar aholisi 90,9%. Markazi — Xantimansiysk shahri. Asosiy shaharlari — Surgut, Nijnevartovsk, Nefteyugansk. Tarkibiga 9 tuman, 16 shahar, 24 shaharcha kiradi. Xanti-mansilar muxtor okrugi G’arbiy Sibir pasttekisligining Markaziy qismida, ob va Irtish daryolarining quyi oqimida joylashgan. Yer yuzasi — tekislik. Chekka garbiy kismi shim. va qutb yoni Ural tog’larining Sharkiy yon bag’irlaridan iborat. Neft va gazning yirik konlari mavjud. Iqlimi kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -18°dan -23° gacha, iyulniki 16°-19°. Yiliga 400— 500 mm yog’in tushadi. Vegetatsiya davri 120-130 kun. Shimolda ko’p yillik muzloq yerlar bor. Asosiy daryosi ob va uning irmoqlari (irtish, shimoliy Sosva, Vax, Pim, Lyamin, Nazim, Kazim). Ko’l ko’p (1500 dan ziyod), ular aksari bir-biri bilan tutashgan. Botqoqliklar katta maydonlarni egallaydi. Tuproqlari torfbotqoq, podzol va allyuvial tuproqlar. Hududining 30% o’rmon. Krraqarag’ay, qarag’ay, kedr, qayin o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan Olmaxon, sobol, kolonok, tulki, oq quyon, suvsar, oq suvsar va boshqalar bor. Qushlarning 200 ga yaqin turi, shu jumladan, bulduruq, karqur, oq kaklik mavjud. Daryo va ko’llarida baliq (losos, oq baliq, osyotr va boshqa turlari) ko’p. Okrugda “Kichik Sosva”, “Yugan” qo’riqxonalari, “Numto”, “Sibir Uvallari” tabiiy bog’lari, “konda ko’llari”, “Yuqori konda” davlat tabiat buyurtma hududi bor. Neft (Samotlor, Mamontov, Fyodorov va boshqalar) va gaz (igrim, Pungim va boshqalar) qazib olinadigan yirik rayon. Neft va gazni qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik, o’rmon va yog’ochsozlik, oziq-ovqat (shu jumladan, baliq) sanoatlari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yirik korxonalari: “Surgutneftegaz” (Surgut sh.), “Yuganskneftegaz” (Nefteyugansk shahri), “Lukoyl— Kogalimneftegaz” (Kogalim shahri), “Langepasneftegaz” (Langepas shahri), “Kondpetroleum” (Nyangan shahri). Surgut va Nijnevartovsk yonida issiklik elektr stansiyalari ishlab turibdi. Qishloq xo’jaligida chorvachilik, shu jumladan, bug’uchilik, sut chorvachiligi va darrandachilik, mo’ynachilik rivojlangan. Sabzavot, kartoshka va boshqalar ekiladi. Ob, Irtish, Konda, Shimoliy Sosva, Vax daryolarida kema qatnaydi. Temir yo’llar uzunligi 2454 kilometr. Qattiq qoplamali avtomobil yo’llari uzunligi 16970 kilometr. 5 Daryo porti (shu jumladan, eng yiriklari Surgut va Xantimansiysk) mavjud. Okrugda 14 aeroport (shu jumladan, Xantimansiysk va Surgutda xalqaro aeroport lar) faoliyat ko’rsatadi. Okrug hududidan Nijnevartovsk—Anjersudjensk—Surgut—Polosk; Nijnevartovsk—Samara, Ustbalik—Omsk neftgaz quvurlari; Urengoy—Pomari—Ujgorod, Urengoy—Chelyabinsk gaz quvurlari o’tkazilgan. Tibbiyot, pedagogika institutlari, Tyumen qishloq xo’jalik akademiyasi bo’limi bor. Bir qancha arxe- ologiya yodgorliklari, shu jumladan, Bars tog’i (Surgut yonida) mavjud. Sanatoriy- kurort va dam olish muassasalari faoliyat ko’rsatadi. Varegan, Laryak, Ugut qishloqlarida etnografiya muzeylari, XantiMansiysk shahri yaqinida ochiq osmon ostidagi “Torummaa” muzeyi joylashgan.