Xlodvig I
Xlodvig I (Chlodvig) (465 yoki 466-511) — Sali franklari qiroli (481 yildan), keyinchalik Frank davlati qiroli. Merovinglar sulolasidan. 486 yil Gallshting kichik bir qismini boshqargan. Rimning sobiq noibi Siagriy qo’shinlari ustidan g’olib kelib, o’z yerini Luaragacha kengaytirib olgan va Frank davlatini barpo etgan. Alemannlar erining katta qismini egallagan (496 yil). Xlodvig I Galliyadan vestgotlarnch quvib chiqargan va Reyn daryosining o’rta oqimi bo’yidagi franklarni o’ziga bo’ysundirgan. 496 yil xristianlikni qabul qilgan. Parijni o’zining qarorgohiga aylantirgan. Xlodvig I Qirollik hokimiyatini mustahkamlab, uni merosiy hokimiyatga aylantirgan. Uning davrida Sali haqiqati (franklarning huquqiy normalari to’plami) yaratilgan.