Xloritoid

Xloritoid [xloritlar (minerallar)ga o’xshash va Yunoncha eidos — ko’rinish] — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi (Fe, Mg)2 (AlFe3+)Al3[SiOJ2O2(OH)4 Ottrelitda 16,6% gacha MPO bor. Monoklin yoki triklin singoniyada kristallanadi. To’g’ri tuzilgan kristallari kam uchraydi, ko’pincha varaqvaraq, tangasimon afegatlar shaklida tarqalgan. Rangsiz, yashilsarg’ish, sariq, qo’ng’irko’k, qoramtir ko’k; shishadek yaltiroq. Qattikligi 6,5, zichligi 3,5—3,8 g/sm3. Xloritlar va slyudalardan qattiqligi, mo’rtligi va optik xususiyatlari bilan farqlanadi. Ba’zi metamorfik slaneslar va kontaktli rogoviklarda jins hosil qiluvchi mineral hisoblanadi. Xloritoid najdak konlarida uchraydi. Korund, diaspor, xlorit, Margarit, kaltsit, rutil va anataz bilan assosiasiyada topiladi. O’zbekistonda Nurota, Molguzar tog’larida uchraydi. Abraziv xom ashyo sifatida ishlatiladi.