Qiziltomir

Qiziltomir — ro’yandoshlarga mansub ko’p yillik begona o’t. O’rta Osiyoda tarqalgan. Poyasi yer bag’irlab o’sadi, shoxlaydi, sertuk, uzunligi 20-100 santimetr. Barglari nashtarsimon cho’ziq, uchi o’tkir, chetlari g’adir-budir. Gullari sarg’ishoq, ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi quruq yongoqcha. Iyun—avgustda gullab mevalaydi. Ildizpoyasi tuproqning ustki qatlamlarida’ o’sadi. Urug’i va ildizpoyasidan ko’payadi. Paxta, beda maydonlari, g’alla ekinlari orasida begona o’t sifatida uchraydi. Sug’orish shoxobchalari bo’ylari, dala uvatlari, bog’, polizlarda ham o’sadi. Kurash choralari: sug’oriladigan zonalarda yer yuzasi yumshatiladi va ekin qator oralari kultivatsiya qilinadi.