Qizilqiya
Qizilqiya — Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyatidagi shahar (1938 yildan). Farg’ona vodiysining Janubiy chekkasida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 31,8 ming kishi (1999). Qirg’izistonning ko’mir (qo’ng’ir ko’mir) qazib olish markazlaridan biri. Tamaki fermentasiyasi, yog’-moy zavodlari, go’sht, qurilish materiallari (o’tga chidamli buyumlar ishlab chiqariladi) ktlari, poyabzal fabrikasi ishlab turibdi. Konchilik o’rta maxsus, tibbiyot bilim yurtlari, o’lkashunoslik muzeyi bor.