Qashqar tizmasi, qo’ng’ir muztog’
Qashqar tizmasi, qo’ng’ir muztog’ — Xitoyning g’arbiy qismidagi tog’ tizmasi, Kunlun tog’larining g’arbiy chekkasi. Uzunligi 100 km chamasida. Eng baland joyi 7719 metr (qo’ng’ir cho’qqisi). Aksari qismining balandligi 5000-6000 metr. Asosan, granit, gneys va kvarsitlardan tuzilgan. Cho’qqilari o’tkir qirrali, yon bag’irlari tik, chuqur daralar bor. Muzliklarning umumiy maydoni 600 km2 dan ziyod. Landshafti tog’ dashti, etaklari chala cho’l va cho’llardan iborat. Daryo vodiylari, to’qay chakalakzorlari bor.