Shapiro Vladimir Mixaylovich

Shapiro Vladimir Mixaylovich (1948.25.2, Toshkent) — rejissyor. O’zbekiston san’at arbobi (2000). Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti (1971), Leningrad teatr, musiqa va kinematografiya instituti (1979)ni tugatgan. Ijodiy faoliyatini Toshkentdagi M. Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida aktyorlikdan boshlagan (1965). 1989 yildan shu teatrda rejissyor, 1990 yildan badiiy rahbar (1991 yildan direktor ham). Shapiro “Bir yildan so’ng o’sha kun” (B. Sleyd), “Telba hayot” (S. Zlotnikov), “Grafinya Yuliya” (A. Strinberg), “hamma narsa bog’da” (E.Olbi), “Buyuk afsungarlik” (E. De Filippo), “shapaloq yeydigan kishi” (L. Andreyev), “kal xonanda” (E. Ionesko), “Jorj Danden” (J. Moler), “Mexmonxona bekasi” (K. Goldoni), “har to’kisda bir ayb” (A. Ostrovskiy), “Zoyaning uyi” (M. Bulgakov) va boshqalarni sahnalashtirgan.