Shamsuddin kulol maqbarasi
Shamsuddin kulol maqbarasi — Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (15-asr). Amir Temurning otasi Amir Tarag’oyning piri Shamsuddin Kulol qabri ustiga qurilgan. Go’rxonaning tarhi to’rtburchak (12,1×10,6 metr), pishiq g’ishtdan qurilgan, to’rdagi devori ravokli toklardan iborat. Uymakori eshigi mayda gulli, uning islimiy naqshi va kufiy yozuvi nodir. Maqbaraning kulohiy (qirrador) gumbazi 20-asr boshlarida buzilib tushgan, o’rni bir ustunli tekis tom 6n ta’mirlangan. Shamsuddin kulol maqbarasi Amir Temur davrida shakllangan yangi me’moriy uslubning ilk namunasi hisoblanadi, ayniqsa, bino ichidagi gumbaz osti tuzilmasi — o’zaro kesishgan ravoqlar va ular orasidagi qalqonsimon bezaklar me’moriy uslubga muhim ta’sir ko’rsatgan.