Shilvidoshlar

Shilvidoshlar – ikki urug’pallali o’simliklar oilasi. Ko’pchiligi buta va daraxtlar, ayrim turlari o’t. Barglari oddiy yoki murakkab, yonbargsiz. Gullari ikki jinsli, to’g’ri yoki qiyshiq, 5 bo’lakli. Mevasi rezavor yoki danakcha, ba’zan ko’sakcha. Yer yuzida 12 turkumga mansub 350 ga yaqin turi tarqalgan. O’zbekistonda Shilvidoshlarning 6 turkumga oid 25 turi bor, jumladan, 9 turi xushmanzara o’simlik sifatida ekiladi. Shilvidoshlarning mevasi iste’mol qilanadi. Chingiz va marjon daraxt organlari tibbiyotda ishlatiladi.