Shillong, Assom tog’lari
Shillong, Assom tog’lari — Hindistonning shimoliy Sharqiy qismidagi tog’lik. Uzunligi 350 kilometr, eni 100 kilometrgacha. Eng baland joyi 1961 metr. Gneys, kristalli slanes, granit jinslardan tuzilgan. Tog’ni chuqur daryo vodiylari parchalab yuborgan. Shillong yer yuzida eng seryog’in joy (Cherapunji aholi punktida yiliga o’rtacha 12. 000 mm yog’in yog’adi). Ayrim joylarda tuproq qatlami yuvilib ketgan. Asosiy o’simliklari butali changalzorlar va sernam tropik o’rmonlardan iborat. Vodiylarda sholi ekiladi, choy o’stiriladi. Toshko’mir konlari topilgan.