Shovot kanali
Shovot kanali — Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi respublikalararo magistral kanal. Dastlab 17-asr oxirida qurilgan. Toshsoqa kanali tizimiga knradi. Toshsoqa kanalining 34-kilometrda qurilgan uzeldan boshlanadi. Uzunligi 150 kilometr (O’zbekistonda 78 kilometr, Turkmanistonda 72 kilometr). Suv o’tkazish imkoniyati 210 m3/s (Bayramsoqa, Mashinyorgan va Qoramazisoqa kanallaridan olingan suv bilan birga). Xorazm viloyatining Xonqa, Urganch, Shovot tumanlarida 37 ming gektar va Toshhovuz viloyatida 75 ming gektar yer sug’oriladi. 1940 yilgacha kanal Amudaryoning chap sohilida o’zining bosh suv olgichiga ega bo’lgan. 1940 da uzunligi 14,6 kilometr bo’lgan tutashtiruvchi kanal orqali Toshsoqa kanaliga ulandi. 1939— 40 yillarda rekonstruktsiya qilingan. Shovot kanali 3 to’g’on inshoot, 1 oxirgi taqsimlagich uzeliga ega. Kanal Urganch shahridan oqib o’tadi.