Shodmulk begim
Shodmulk begim – (? 1411) temuriy malikalardan. Xalil Sultonning xotini. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Shodmulk begim Samarqandda oddiy hunarmand oilasida tug’ilgan. Xalil Sulton Shodmulk begimni sevib qolib, o’z zamonasi taomiliga zid ravishda unga uylangan. Sohibqiron vafotidan so’ng taxtga chiqqan Xalil Sultonning saltanatni boshqarishida Shodmulk begim faol qatnashgan. Shodmulk begimning xazina va saltanat ishlaridagi faoliyati ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelgan. Shodmulk begimning irodasi bilan ayrim noloyiq kishilar yuqori lavozimlarga tayinlangan. Shodmulk begim Sohibqironning barcha bevalari va kanizaklarini harbiy boshliqlar va amaldorlarga in’om qilishga Xalil Sultonni ko’ndiradi. 1411 yil Xalil Sulton vafot etgach, eridan so’ng yashashni istamagan Shodmulk begim zahar ichib o’lgan. Ad.Fayziev T., Temuriylar shajarasi, T” 1995.