Shem’izoda Eshref Abduramanovich

Shem’izoda Eshref Abduramanovich [1908.8(21).6, Evpatoriya 1978.11.3, Moskva; Qrimda dafn etilgan] — krimtatar shoiri va adabiy tanqidchi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1968). Moskva Kinemotografiya intining adabiystsenariy fakultetini tugatgan (1932). Qrim Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi (1930-40). 1943 yildan O’zbekistonda. 1943-44 yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg’ona bo’limini boshqargan. Farg’ona viloyati gazetasining mas’ul kotibi (1944— 58). G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida katta muharrir, bo’lim mudiri (1958-67). Ilk yirik asari — “Dnepreleton” (1930) Dnepro- GES quruvchilariga bag’ishlangan. “Aslixon”, “Alima” dostonlari va “nay” (1965), “Burgut parvozi” (1969) kabi she’riy asarlar muallifi. “Hayot va ijod” (1974), 3 jildli “Qrim-qipchoq adabiyoti tarixi” kitoblarida tanqid va adabiyotshunoslikka oid masalalar taxlil qilingan. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.