Shelda, Esko
Shelda, Esko — Yevropadagi daryo, Frantsiya, Belgiya va Niderlandiya hududlaridan oqadi. Uzunligi 450 kilometr, havzasining maydoni 35,5 ming km2. Flandriya tekisligi bo’ylab oqadi va estuariy hosil qilib, shim. dengizga quyiladi. Asosiy irmoqlari — lis (chapdan) va Ryupel (o’ngdan). O’rtacha suv sarfi 100 m3/sek., quyi qismida dengiz suv ko’tarilishlari ro’y beradi. Daryoda kema qatnaydi, Antverpen shahrigacha dengiz kemalari ham kira oladi. Kanallar orqali Sena, Somma, Maas daryolari bilan bog’langan. Shelda bo’yida Gent, Antverpen shahrilari joylashgan.