Shermatov A’zam

Shermatov A’zam (1925.1.3, Koson tumani — 1993.25.2, Toshkent) — tilshunos-shevashunos olim. O’zbekiston daxizmat ko’rsatgan fan arbobi (1986), Filologiya fanlari Doktori (1978), professor (1982). Buxoro pedagogika instituti o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1951). Qarshi o’qituvchilar institutida o’qituvchi (1951 — 53), direktor o’rinbosari (1953-57). Toshkent pedagogika institutida o’zbek tilshunosligi kafedrasida o’qituvchi va dotsent (1960-62), tarix-filologiya fakulteti dekani (1962-67), rus guruhlarida o’zbek tili kafedrasi mudiri (1967-73), o’zbek va qozoq filologiyasi fakulteti dekani (1976-80), umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri (1973 yildan). O’zbek dialektologiyasi va umumiy tilshunoslik bo’yicha oliy o’quv yurtlari talabalari uchun bir qancha o’quv qo’llanmalari va dasturlari yaratgan. Asosiy ilmiy ishlari Qashqadaryo viloyati o’zbek shevalari tadqiqiga bag’ishlangan. As: quyi Qashqadaryo o’zbek shevalari, T., 1972; Uzbekskie narodnne govorm Kashkadarinskoy oblasti, T., 1978; atlas uzbekskix narodnix Govorov Kashkadarinskoy oblasti, . 1″., 1979; Lingvistik geografiya nima? T., 1981.