Sherobod kanali
Sherobod kanali – Surxondaryo viloyatidagi magistral kanal. 1966 yilda qurilgan. Umumiy uzunligi 27 kilometr, bosh qismidagi suv sarfi 110 m3/sek. Viloyatning Sherobod va Qiziriq cho’llariga suv uzatadi. Janubiy Surxon suv omborining o’ng qirg’og’ida qurilgan bosh suv olish inshootidan suv oladi. Kanal trassasining dastlabki 8 kilometr Surxondaryoning o’ng qirg’og’i bo’ilab va Toshko’priksoy o’zani tagidan 150 metr uzunlikdagi 3 ko’zli (3×3,5 metr) temirbeton quvurli dyuker orqali o’tadi. Quyiroqda kanaldan Qumqo’rg’on kanaliga 10 m3/sekund miqdoridagi suvni tashlash uchun suv chiqargich o’rnatilgan. 60-yillar oxirida uning 12 kilometrda Sherobod cho’lidagi 80 ming gektardan ortiq yerni suv bilan ta’minlovchi nasos styasi barpo etildi. 27-kilometrda kanal chap va o’ng tarmoqqa bo’linadi. Kanalning chap tarmog’i Sherobod cho’lida yangi o’zlashtirilgan erlarni sug’orishga xizmat qiladi. Uning o’zaniga beton to’shama yotqizilgan, uzunligi 29,6 kilometr, suv sarfi 25 m3/sekund. O’ng tarmoq esa Sheroboddaryo tizimidagi yerlarni suv ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi, uzunligi 76,6 kilometr.