Sazag’onsoy

Sazag’onsoy — Samarqand viloyatidagi soy. Zarafshon tizmasi shim. yon bag’ridan, O’rtabel dovoni (balandligi 1780 metr) yonidagi buloqdan boshlanadi. Uzunligi 27 kilometr, havzasining maydoni 32,8 km2. Yuqori qismida daryo va uning ko’p sonli irmoqlari quriydi. Boshlanishidan 9 kilometr o’tgach (Sazag’on qishlog’i yonida), suvi asosan, sug’orishga sarflanadi. Faqatgina sersuv yillarda daryo suvi quyilish joyi eski Anhor kanaliga etib boradi. Krryomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi Sazag’on qishlog’i yonida 0,381m3/sek., o’rtachaoqim moduli 14,2 l/sek.km2. O’rtacha yillik suv sarfi 0,830 m3/sekunddan (ko’p suvli yilda) 0,068 m3/sekundgacha (kam suvli yilda) o’zgaradi. Yog’in ko’p bo’lgan davrda (mart—may oylarida) daryodan sel keladi.