Sayyod
Sayyod (Arabcha ovchi), sayotli —turkiy urug’lardan biri. Kenagas va Mang’it qabilasi tarkibida ham Sayyod nomli urug’ uchraydi. Sayyodlar Amudaryo bo’ylarida, Chorjo’y shahri Janubi sharqidagi Sayyot qishlog’ida istiqomat qilganlar. 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida o’zbeklar tarkibidagi Sayyod urug’-qabilalari 1200 ga yaqin kishini tashkil etgan. Xorazmda (450 kishi), Qoraqalpog’istonda (300 kishi), Zarafshon daryosining quyi oqimlarida — Buxoro va Qorako’l vohasida 350 kishi va ozroq qismi esa yuqori Qashqadaryoda (100 ga yaqin kishi) yashagan. Sayyodlar o’zbek, turkman, tojik xalqi tarkibiga batamom singib ketgan.