Sayda
Sayda — Livanning g’arbiy qismidagi shahar. Janubiy Livan muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 240 ming kishidan ziyod (1990 yillar o’rtalari). O’rta dengiz sohilidagi port (chetga neft chiqariladi). Saudiya Arabistonidan keladigan neft quvurining so’nggi punkti. Neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qishloq xo’jalik rayonining savdo markazi. Dengizdan baliq ovlanadi. Miloddan avvalgi Sayda o’rnida finikiyaliklarning Sidon shahar-davlati bo’lgan. Shahar 637 yilda arablar qo’l ostiga o’tgan. 1517-1918 yillarda Usmonli turklar saltanati tarkibida bo’lgan. 12— 17-asrlarga oid me’moriy yodgorliklardan qasr, jome ulkabir masjidi va boshqalar saqlangan. Arxeologiya muzeyi bor.