Sanchiqo’t

Sanchiqo’t (Thalictram minus) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Bo’yi 80-100 santimetr. Ildizi ggopuksimon sershox. Bargining uzunligi 7-30 santimetr, 3-4 karra patsimon qirqilgan. Guli mayda, qizg’ish, to’pguli ro’vaksimon. Mevasi mayda, tuxumsimon, uchi ilmoqqa o’xshab qayrilgan. May oyida gullaydi, iyunda meva tugadi, iyulda poya va barglari qovjiraydi. O’zbekistonda 5 turi tog’larning shimoliy yon bag’irlarida, xususan, archazorlarda ko’p uchraydi. Ildizida talikmin, talikmidin, glausin, poyasi va barglarida talmin va talmidin alkaloidlari borligi aniqlangan. Sanchiqo’tning ekstraktlari qonni to’xtatish va qon bosimini ko’tarish xususiyatiga ega.