Saparboyeva Ziyoda

Saparboyeva Ziyoda (1938.10.8, Gurlan tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Toshkent pedagogika instituti (1964) va Xorazm pedagogika instituti (1983)ni tugatgan. 1957 yildan Yangibozor, Gurlan tumanlaridagi maktablarda boshlang’ich sinf o’qituvchisi, Gurlan tumanidagi 15-maktab direktori (1977-79), “Nuroniy” jamg’armasi Yangibozor tumani bo’limi raisi (1999-2002). Noan’anaviy dars usullaridan foydalangan.