Sinodik oy

Sinodik oy (Yunoncha synodos — qo’shilish, yaqinlashish) — sayyoralar yoki Oyning Quyosh atrofidagi harakatida ikkita ketma-ket bir xil fazalari (masalan, yangi oy) oralig’ida o’tgan vaqt. Co. 29,53058812 sutka (29d12″44′”28s) ga teng. Oyning yer atrofida elliptik orbita bo’ylab harakatlanishi va oy orbitasi tugunlarining siljib borishi tufayli haqiqiy Sinodik oyning davomiyligi 29d6h 12m dan 29d19h12m gacha o’zgarib turadi.