Sinonimlar
Sinonimlar (Yunoncha Synonymos — bir nomli) — bir umumiy ma’noga ega bo’lgan (denotativ ma’nosi bir xil), qo’shimcha (konnotativ) ma’nosi (ekspressiv, uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan o’zaro farqlanadigan til birliklari — so’z, ibora, sintaktik birlik va boshqalar. Masalan, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror so’zlari sinonim so’zlar hisoblanadi. Til birliklari bir xil ma’noga ega bo’lish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lug’aviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga bo’linadi. O’zaro sinonim bulgan suzlar guruhi Sinonimlar qatorch deyiladi. Sinonimlar qatori 2-va undan ortiq suzdan tashkil topadi. Masalan, buloq — chashma Sinonimlar qatori 2 suzdan, yuz—aft— bashara — bet… Sinonimlar qatori esa kup so’zlardan tuzilgan. Ko’p ma’noli suzlar muayyan ma’nosi yoki ma’nolari bilan bir yoki birdan ortiq Sinonimlar qatoriga kirishi mumkin. Masalan, bitirmoq so’zi bir ma’nosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq… so’zlari qatoriga, boshqa ma’nosi bilan ado qilmoq, yo’qotmoq, yo’q qilmoq so’zlari qatoriga kiradi. Sinonimlarlar qatoridagi bir so’z bosh suz (asosiy so’z) hisoblanadi. Bosh so’z, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional bo’yoq, uslubga ko’ra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa so’zlardan farqlanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga ko’ra tilda boshqalariga nisbatan keng quotlanadi. Masalan, chiroyli, go’zal, husnli, husndor, xushro’y, ko’hli, Zebo, suluv, sohibjamol… Sinonimlar qatorida chiroyli so’zi shunday belgilarga ega va bosh so’z hisoblakadi. Qolgan so’zlar esa har biri o’ziga xos belgi xususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: go’zal so’zi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; Barno, Zebo so’zlari ko’proq kitobiy uslubga ega, suluv so’zi esa nisbatan kam ko’llanadi va h.k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgi xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega. Azim Hojiyev.