Saqlanish qonunlari

Saqlanish qonunlari — ba’zi bir fizik kattaliklarning son qiymatlari istalgan jarayonlarda vaqt o’tishi bilan o’zgarmay qoladigan fizik qonuniyatlar. Saqlanish qonunlaridan eng muhimi massa, energiya, impuls, harakat mikdori momenti, elektr va barion zaryadlarning Saqlanish qonunlaridir. Bunday qat’iy Saqlanish qonunlaridan tashqari, taqribiy Saqlanish qonunlari ham mavjud. Bular faqat ma’lum doiradagi jarayonlar uchungina o’rinli, mas, juftlikning saqlanishi faqat zaif o’zaro ta’sirlarda buzilishi mumkin.