Severodonesk
Severodonesk — Ukrainaning Lugansk viloyatidagi shahar (1958 yildan). Severskiy Dones vodiysida, lisichansk temir yo’l stantsiyasidan 6 kilometr. Aholisi 135 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). “Azot”, “Stekloplastik” ishlab chiqarish birlashmalari, yog’ochsozlik, uysozlik kombinatlari, priborsozlik, elektron hisoblash mashinalari, oziq-ovqat sanoati korxonalari va boshqalar bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Bir necha ilmiy tadqiqot instituti, kimyo-mexanika, musiqa o’rta maxsus bilim yurtlari mavjud.