Sevr sulh shartnomasi
Sevr sulh shartnomasi (1920) — Versal—Vashington tizimi shartnomalaridan biri, 1-jahon urushini yakunlagan. 1920 yil 10 avgustda Sevr shahrida (Frantsiya) Antanta mamlakatlari va unga qo’shilgan davlatlar bilan Turkiya o’rtasida imzolangan. Usmonli turk imperiyasining, shu jumladan, Turkiya hududining bo’lib olinishini rasmiylashtirgan. Lozanna konferentsiyasi (1923)da bekor qilingan.