Seged
Seged — Vengriyaning Janub qismidagi shahar. Chongrad medesining ma’muriy markazi. Aholisi 166,1 ming kishi (1997). Tisa daryosi bo’yidagi port. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazlaridan. Yirik oziq-ovqat, to’qimachilik, tikuvchilik, yog’ochsozlik, ko’npoyabzal, mashinasozlik sanoati korxonalari, rezinatexnika buyumlari zavodi mavjud. universitet Fanlar Akademiyasining Biologiya instituti, muzey va teatrlar bor. 13— 16-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. Seged yaqinida neft va gaz konlari topilgan.