ARXEOGRAFIYA

ARXEOGRAFIYA (arxeo… va Yunoncha qrapho — yozaman) — yordamchi tarix fani; qo’lyozma manbalarni qayta ishlash usullari va ularni nashrga tayyorlash bilan shug’ullanadi. Tarixiy manbalarni nashr qilish birinchi marta G’arbiy Yevropada paydo bo’lgan (15-asr). O’rta asr tarixiy manbalarining birinchi tanqidiy nashri 16-asrda paydo bo’ldi. O’zbekiston bir necha ming yillik davrni o’z ichiga olgan boy arxeografik material (tarixiy hujjatlar, qo’lyozma) larga ega. Arxeografiyaning namunalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida, arxiv va muzeylarda to’plangan.