Shamsuddin kulol
Shamsuddin kulol, Shamsiddin Kulol (?— 1360 yilgacha, Kesh) — Shayx. Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida bergan ma’lumotiga ko’ra, Amir Tarag’oyning piri. “U qadrli Shayx Shamsuddin Kulolga sidqidildan ixlos qilardi va uning muborak qabriga (ziyorat uchun) teztez borib turardi”, deb yozadi Ali Yazdiy. Shamsuddin kulol tasavvufda suhravardiylik tariqatiga mansub bo’lgan. Ayni paytda u Xojagon tariqatiga qam hurmat bilan qaragan. Sohibqiron Amir Temurning ham unga nisbatan ixlosi juda kuchli bo’lgan, saltanatni boshqargan chog’larida ham Shamsuddin kulol qabrini ziyorat qilib turgan. 1373-74 yil Amir Temur Shamsuddin kulol qabri yonida bir gumbazmaqbara qurdiradi va otasining xokini o’sha yerga ko’chirtirib, Shamsuddin kulol qabrining qibla (G’arb) tomoniga dafn etadi.