Ryazan
Ryazan — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Ryazan viloyati markazi. Oka daryosi bo’yida. Yirik pristan. Temir yo’l tuguni. Aholisi 533,1 ming kishi (1998). Mashinasozlik (stanoksozlik, “Tyajpressmash”, “Ryazselmash”) ishlab chiqarish birlashmalari, avtomobil agregatlari, avtomobil apparaturasi, elektron priborlar, hisoblashanalitik mashinalar, isitish priborlari, neftni qayta ishlash, kimyoviy tola, kartonruberoid zavodlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, yengil va yog’ochsozlik sanoati korxonalari ishlab turibdi. 2 ilmiy tadqiqot instituti, 4 oliy o’quv yurti, 3 teatr, tarixiy-me’moriy muzey-qo’riqxonasi, badiiy muzey, I.P.Pavlov uymuzeyi bor. Ryazan yilnomalarda birinchi marta 1095 yildan tilga olingan. Dastlab Ryazan knyazli gi markazi Ryazan deb atalgan va hozirgi Ryazandan 50 kilometr Janubi sharqda bo’lgan. Shahar 1237 yilda mo’g’ullar tomonidan vayron qilingan. 14-asr o’rtalarida knyazlik markazi Pereyaslavl—Ryazanskiy shahriga ko’chirilgan (bu knyazlik 1521 yilda Moskva davlati tarkibiga qo’shildi). Shahar 1778 yildan Ryazan deb atala boshlagan. 1778— 1929 yillarda Ryazan gubernyasi markazi. 19-asr o’rtalarida Ryazanda cho’yan quyish hamda yog’korxonalari va boshqalar qurilgan. 1929-30 yillarda Ryazan Moskva viloyati okrug markazi, 1937 yildan viloyat markazi. Me’moriy yodgorliklardan Kreml ansambli tarkibida: Xristorojdestvenskiy (15-asr, 19-asr), Arxangelskiy (16-asr), Uspenie (17-asr) soborlari, arxiepiskop palatalari (17- asr), Spas monastiri majmui (17— 18-asrlar), 17-asrga oid bir qancha cherkovlar, klassik uslubdagi binolar, kasalxonalar (19-asr boshlari), savdo rastalari (19- asrning 1-yarmi) va boshqalar saqlangan.