Ro’zimatov Vahob

Ro’zimatov Vahob (1921.17.11, Toshkent) — jurnalist va tarjimon. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1976). Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1955-60), “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, bo’lim mudiri (1945-55), bosh muharrir o’rinbosari (1960-71), “Guliston” jurnalida mas’ul kotib, bosh muharrir o’rinbosari (1971— 81), “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bo’lim mudiri (1881-82). Ijodiy faoliyati 30-yillar oxirida tarjimonlik bilan boshlangan. M. Sholoxov, K. Simonov, romanlari, A.Konandoyl, J. Svift, L.N.Tolstoy, A.N. Ostrovskiy, N.Hikmat pyesalari, shuningdek, A.S. Pushkin, A.P.Chexov, F.M.Dostoevskiy, M.Gorkiy, B.Polevoy, O.Gonchar, G. Sevunts, O’Genri, M. Tven, R. Tagor, J. Rodari va boshqa yozuvchilar asarlarini o’zbek tiliga o’girgan. Ro’zimatovning “katta oila” (hamkorlikda, 1942), “uch o’rtoq” (hamkorlikda, 1943), pesalari bor. Ro’zimatov G’afur G’ulomning 0 jildli “asarlar” to’plamini (1970-78) nashrga tayyorlagan. “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (1999). As: Qandolatchilar, T., 1965.