Ro’yandoshlar

Ro’yandoshlar (Rubiaceae) — ikki urug’pallalilar sinfiga mansub daraxt, buta va lianalardan iborat o’simliklar oilasi. Bargi qarama-qarshi. Guli ikki jinsli, to’g’ri (aktinomorf), ba’zan zigomorf. Mevasi ko’sakcha yoki rezavor. Yer yuzida 500 ga yaqin turkumi (6500 ga yaqin turi) bor. Deyarli hamma qit’alarda, ayniqsa, tropik va subtropik hududlarda ko’p uchraydi. O’zbekistonda 8 turkumga mansub 45 turi o’sadi. Dorivor, ovqatbop, manzarali va boshqa turlari bor.