Rutil
Rutil (lotincha rutilus — sarg’ishqizil) — oksidlar sinfiga mansub mineral. TiO2 titan oksidining 3 polimorf modifikatsiyasidan biri. Izomorf shaklida Fe, Cr, Nb, ta, V, Sn qo’shimchalari bo’ladi. Ta2O5 qo’shimchasi 47% gacha bo’lsa stryuverit; Nb2O5 (42% gacha) — ilmenorutil, temir qo’shilsa — nigrin deb ajratiladi; tetragonal singoniyada kristallanadi. Kristallari prizmatik, ustunsimondan ninasimon shaklgacha. Rangi qizg’ishqo’ng’ir, to’q qo’ng’ir, sarg’ish, ko’kimtir, qora, ba’zan yashil bo’ladi. Qattiqligi 6,5. Zichligi 4200 kg/m3. Mo’rt Rutil — titan rudalarining muhim komponenti, lokbo’yoq va elektrod ishlab chiqarishda, zargarlikda qo’llaniladi.