Russkiy oroli
Russkiy oroli — shimoliy Muz okeani va tinch okeandagi bir necha orolning nomi. Eng yiriklari: 1) Kara dengizidagi Nordensheld arxipelagida (uzunligi 38 kilometr, eni 14 kilometrgacha). Maydoni 309 km2. 1935 yildan qutb stantsiyasi bor. Tundra o’simliklari bilan qoplangan; 2) Yapon dengizidagi Buyuk Petr qo’ltig’ida, Vladivostok shahridan Janubda (uzunligi 18 kilometr, eni 13 kilometrgacha), keng bargli o’rmonlar bilan qoplangan.