“Rustamxon”
“Rustamxon” — o’zbek qahramonlikromantik dostonlari turkumiga mansub asar. Taxminan 15-16-asrlarda yaratilgan. Ma’lum g’oya va voqelikka asoslangan epik syujet negizida yaratilgan 5 ta doston (“Murodxon”, “Rustamxon”, “Sultonxon”, “Oftob pari”, “Rustamning yaralanishi”)dan iborat. Ular bosh qahramon Rustamxon va uning qarindoshlari (onasi Huroyim, xotini Oftoboy, otasi Sultonxon, bobosi Mu- rodxon), yurti (Oqtosh) atrofida birlashgan. “Rustamxon” dostonlarida vatanparvarlik g’oyalari ilgari surilgan, mardlik, chin sevgi, adolat ulug’langan. “Rustamxon” turkumi dostonlaridan “Murodxon” (1928) va “Rustamxon” (1937) Fozil Yo’ldosh o’g’litya yozib olinib, nashr etilgan (1965). “Rustamxon”ning Mallaboy Hoshimov, Melash Ermatov, Olim Haqqulov kabi dostonchilardan yozib olingan variantlari ham bor. Ular O’zbekiston Fnlar Akademiyasi til va adabiyot institutining folklor arxivida saqlanadi. Ad:. Obidova M., “Rustam” turkumidagi dostonlar, T., 1982.