Ronaldo (Ronaldo) Ruis Nazario da Lima

Ronaldo (Ronaldo) Ruis Nazario da Lima (1976.22.9, Rio de janeyro yaqinida) — futbolchi. “Eyndxoven” (Gollandiya, 1994-96), “Barselona” (Ispaniya, 1996-97), “Inter” (Italiya, 1997-2001), “Real” (Ispaniya, 2001 yildan) jamoalarining hujumchisi. Braziliya terma jamoasi tarkibida o’ynab jahon chempioni (1994, 2002) va olimpiada o’yinlari (1996)ning bronza medali sovrindori bo’lgan. 1996, 1997, 2002 yillarda jahonning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan. Fenomen laqabi bilan mashhur.